G'allaorol tumanida "Sektor rahbari kubogi" uchun musobaqa bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta'minlash hamda 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan "Yangi yil sport bilan shiori" ostida joriy yilning 7-8 yanvar kunlari Jizzax viloyati G‘allaorol tumani 4-sektorda "Sektor rahbari Kubogi” uchun tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Basketbol” turi bo'yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 180 nafardan ortiq o‘quvchilar, mahalliy tashkilot hodimlari va hokimyat vakillari ishtirok etishdi. G'olib hamda sovrindorlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Тавсия этамиз:


