Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyatida “Yangi yilni sport bilan” shiori ostida 9 yanvar kuni boʻlib oʻtgan sport musobaqalari va sport tadbirlari

Jizzax viloyatida “Yangi yilni sport bilan” shiori ostida 9 yanvar kuni boʻlib oʻtgan sport musobaqalari va sport tadbirlari

09 январь 2021, Суббота
25
0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda  yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazishi, ular orasida jinoyatchilikni oldini olish va sportga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Yangi yilni sport bilan” shiori ostida 2021 yil 9 yanvar kuni Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Gʻoʻbdin QFY va Koʻkbuloq QFYlarda sportning basketbol turidan,


 

 


 

Paxtakor tumani Doʻstlik MFY  BOʻSMga qarashli moslashtirilgan binoda sportning dzyudo turidan

 

 

 

 Forish tumanida  Amir Temur  MFYda joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabida voleybol, stol tennisi, mini futbol, shaxmat-shashka, armrestling sport turlaridan, Arnasoy tumani Gulbahor MFY hududida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabi sport zalida yoshlar oʻrtasida sportning stol tennis, voleybol turlaridan, Bobur mahallasi N.Holmurodov koʻchasida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni,

 

 

 

 

SH.Rashidov tumani  55-sonli maktabida sportning voleybol, 30-sonli maktabida stol tennis turlaridan, Jizzax shahar BOʻSMda sportning shaxmat-shashka turidan musobaqa, Baxmal tumani Gulbulok QFYda xududidagi 42-sonli umumtalim maktabida oʻquvchilari oʻrtasida sportning basketbol turi boʻyicha BOʻSM birinchiligi musobaqa va tadbirlari boʻlib oʻtdi. Shu jumladan Zarbdor tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi oʻzbek jang san’ati sport turi shugʻullanuvchilari Zarbdor tumani XTBga qarashli 26-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi” hamda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda hamda Zarbdor tuman BOʻSM Tayekvondo WT sport turi bilan shugʻullanuvchi oʻquvchilari Zarbdor tumani Milliy gvardiyasi binosining ochilish marosimida faol ishtirok etib oʻzlarining koʻrgazmali chiqishlarini namoyish etdilar.

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар