Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

12 январь 2021, Вторник
26
0

Joriy yil 11 yanvar kuni O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev Yurtboshimizning 2020 yil  30 oktyabrdagi PF-6099-sonli Farmoni hamda Jizzax viloyatida sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi , yangidan qurilgan va loyihalashtirilgan sport inshootlari bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir Mirzacho’l tumani hokimi K.Xolmurodov bilan uchrashib kelgusi yilda tukmandagi G’alaba MFY Yoshlar parki ichida yopiq suzish havzasi, Mirzadala MFYdagi TIP-1 sport obektida tribuna qurish, stadionga tabiiy chim yotqizish,  milliy sport turlarini rivojlantirish maqsadida 1-sonli umumta’lim maktabi sport zalida milliy sport turlari markazi tashkil etish va  aholining 25 foizini ommaviy sportga jalb etish masalalari bo’yicha suhbatlashdi. Tumanda qurib bitkazilgan yengil kostruksiyali 18x30 xajmli sport zal bilan tanishib, ushbu obektni ochilish marosimini o’tkazish va sport to’garaklari tashkil etish bo’yicha o’z ko’rsatma tavsiyalarini berdi.

 

 

 

Do’stlik tumani BO’SMdagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Pudratchiga yanvar oyida qurilish ishlarini yakunlash bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlarini berdi.BO’SM suzish havzasining ish faoliyatida emasligini sport zalning ta’mirtalabligini, sport zalda mashg’ulotda sportchilar yo’qligini tanqidiy baholadi. Zarbdor tumani Bo’ston shaharchasida qurib bitkazilgan yengil konstruksiyali 18x30 xajmli sport zal bilan tanishib,  mahalla oqsoqollari bilan uchrashdi. Stadiondagi qurilish kamchiliklarini bartaraf etish, ushbu obektni ochilish marosimini o’tkazishga tayyorlash va sport to’garaklari tashkil etish, oьbektga Prezident Farmonidan kelib chiqib nomlash bo’yicha o’z ko’rsatma tavsiyalarini berdi.

 

 

 

 

 Zomin tumani Dashtobod shaharchasida yangidan qurilgan yengil konstruksiyali 18x30 xajmli sport zal bilan tanishib, qurilish bo’yicha kamchiliklarni bartaraf etish, ushbu obektni ochilish marosimini o’tkazishga tayyorlash, obektga Prezident Farmonidan kelib chiqib nomlash bo’yicha, qo’shimcha workout maydonchasi qurish va sport to’garaklari tashkil etish bo’yicha o’z ko’rsatma tavsiyalarini berdi.

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар