Do'stlik tumanida huquqni himoya qiluvchi organlar o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
Oʻzbekistan Respublikasi Prezident ining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Soglom turmush tarzini keng tadbik etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish tugrisida”gi 6099-sonli farmoni ijrosini taminlash hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Yangi yilni sport bilan” shiori ostida Doʻstlik tumani "A.Navoiy" MFYda joylashgan BOʻSMda huquqni himoya qiluvchi organlar oʻrtasida sportning mini futbol turidan joriy yilning 13 yanvar kuni musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 80 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etib g'oliblik uchun kurash olib bordilar. Murosasiz va bahslarga boy bo‘lgan ushbu musobaqada 1-oʻrinni Do‘stlik tumani Milliy gvardiyasi jamoasi, 2-oʻrinni Do‘stlik tumani IIB jamoasi , 3-oʻrinni Do‘stlik tumani FVB jamoasi egalladilar. Musobaqa gʻolib va sovrindorlari tuman xokimligi hamda tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tamonidan estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Тавсия этамиз:



