Kurash sportini yanada takomillashtirish bo'yicha smenar tashkil etildi
Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sportini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4881-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda viloyatda kurashga bo’lgan e’tiborni oshirish, viloyatimizdagi kurashchilarimizga yanada kengroq imkoniyatlar yaratib berish, ta’lim muassasalarida kurash sportini kengroq targ‘ib etish va rivojlantirish milliy qadryatimiz sifatida yoshlar ongiga chuqurroq singdirish maqsadida smenar tashkil etildi. Smenarda Jizzax viloyati Prokurori katta yordamchisi Dilshod Isobekovich, Kurash federatsiyasining masul kotibi A.Tilakov, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i I.Tojiboyev, Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji 10-11 sinf o’quvchilari hamda barcha shahar, tuman kurash murabbiylari ishtirok etdi. Smenarda viloyatimizni kurash sporti bo‘yicha viloyatlar ichida yetakchi o‘rinlarga chiqarish, kurash sportini xalqaro nufuzini oshirish tanqidiy muhokama qilindi. Smenar qizg‘in munozaralarga boy bo‘lib, smenar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.
Тавсия этамиз:



