Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyat sport o’yinlari va yengil atletika IBO'SMda sportning "Tennis" turidan Jizzax shahar birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Jizzax viloyat sport o’yinlari va yengil atletika IBO'SMda sportning "Tennis" turidan Jizzax shahar birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.

19 февраль 2021, Пятница
34
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har hil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 19 fevral kuni Jizzax viloyat sport o’yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabida  Jizzax shahrida joylashgan mahallalar yoshlari o'rtasida sportning "Tennis" turidan Jizzax shahar birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqa 2010-2011, 2012 va undan kichik yillarda tug'ilgan o'g'il hamda qiz bolalar o'rtasida yakkalik va juftlik tartibda o'tkazildi. Ushbu musobaqaga Jizzax shahar Bolalar-o'smirlar sport maktabi treneri Abdunazarova Buvrobiya hakamlik qildi.

 

 

 

  Musobaqada faxrli birinchi  o'rinni Jizzax shahar Bolalar-o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilari Akbarov Azamat, Ortiqov Salohiddin, Jo'raboyeva Farzona, Abbosova Fotima, Kamolov Azizbeklar, ikkinchi o'rinni Baxromov Mustafo, Jamolov Asliddin, Abdurasulova Dinara, Samariddinova Laziza, Raximberganov Hamroz, uchinchi o’rinni Ashurov Murodjon, Allayorova Asal, Abduvahobova Hurshida, Shavkatov Javohirlar qo'lga kiritdilar. Musobaqa g'oliblari Jizzax shahar Bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan medal hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар