Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida IIB Pobatsiya nazoratida turgan shaxslar o'rtasida sportning mini futbol turidan viloyat birinchiligi bo'lib o'tdi.

Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida IIB Pobatsiya nazoratida turgan shaxslar o'rtasida sportning mini futbol turidan viloyat birinchiligi bo'lib o'tdi.

20 февраль 2021, Суббота
19
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 20 fevral kuni Jizzax viloyat Prokuraturasi, Jizzax viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda IIB probatsiya bo’limi tashabbusi bilan probatsiya nazorati ostidagi shaxslar o’rtasida sportning mini futbol turidan viloyat birinchiligi bo’lib o’tdi. Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida bo’lib o’tgan ushbu musobaqa ochilish ma’rosimida Viloyat Prokurorining o’rinbosari B.Umarova, Ichki ishlar boshqarmasi hamda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. Viloyatimizning Jizzax shahri hamda tumanlarida g’olib bo’lgan jamoalardan jami 6 ta jamoa ishtirok etib g’oliblik uchun kurash olib bordilar.

 

 

 

 

 

   Qiziqarli bahslar va chiroyli gollarga boy bo’lgan ushbu musobaqa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Musobaqa yakuniga ko’ra faxrli birinchi o’rinni Zarbdor tuman jamoasi, ikkinchi o’rinni Jizzax shahar jamoasi hamda uchinchi o’rinni Arnasoy tuman jamoasi qo’lga kiritdilar. Musobaqada ishtirokchilar faxrli 1-2-3 o’rin hamda bir qator nominatsiyalar bilan Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovg’alar, diplom va medallar bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida Jizzax viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Juraqulov Furqat Noryigitovich hamda Jizzax viloyat Prokuraturasi, Viloyat IIB xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар