Baxmal tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabida sportning futzal turidan 2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida "Sport maktablari futbol ligasi" O'zbekiston chempionatining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 20 fevral kuni Baxmal tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabida sportning futzal turidan 2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida "Sport maktablari futbol ligasi" O'zbekiston chempionatining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqada Jizzax shahar IBO'SM, Jizzax shahar BO'SM, G'allaorol, Zarbdor hamda Baxmal BO'SM-1 va BO'SM-2 jamoalari ishtirok etib g’oliblik uchun kurash olib bordilar. Qiziqarli bahslarga boy bo’lgan ushbu musobaqa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Musobaqa yakuniga ko’ra
I o'rin - Baxmal BO'SM-1 jamoasi
II o'rin - Jizzax shahar IBO'SM jamoasi
III o'rin - G'allaorol BO'SM jamoasi
III o'rin - Baxmal BO'SM-2 jamoasi qo’lga kiritdilar.
Musobaqa g’olib va sovrindorlari Baxmal tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limi tomonidan diplom hamda medallar bilan taqdirlandilar.
Тавсия этамиз:


