Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyati G'allaorol tumanida sportning Taekvondo wtf turidan Jizzax viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

Jizzax viloyati G'allaorol tumanida sportning Taekvondo wtf turidan Jizzax viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

20 февраль 2021, Суббота
28
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 19-20-fevral kunlari Jizzax viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi tomonidan  G'allaorol tuman Lalimikor MFYda sportning Taekvondo wtf turidan Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

  Musobaqada Respublikamizning Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Samarqand viloyati, Sirdaryo viloyatidan hamda viloyatimizning barcha tumanlaridan   jami 280 ga yaqin sportchi o'smirlar ishtirok etib, 16 ta vazn toifasida kuch sinashdilar. Musobaqa yakuniga ko’ra faxrli birinchi o’rinni Jizzax viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan bolalar o‘smirlar sport maktabi ikkinchi o’rinni Do’stlik tumani uchinchi o’rinni  Zomin tumani sportchilari qo’lga kiritdilar. G'olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар