Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyati Zafarobod tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilari o'rtasida sportning Boks turidan BO'SM ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

Jizzax viloyati Zafarobod tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilari o'rtasida sportning Boks turidan BO'SM ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

20 февраль 2021, Суббота
29
0

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 16-20 fevral kunlari Jizzax viloyati Zafarobod tuman Bolalar-o’smirlar sport maktabi shug’ullanuvchilari o’rtasida sportning Boks turi bo’yicha  2007-2008, 2009-2010  yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida BO’SM ochiq birinchiligi musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada Respublikamizning  Qoraqolpoqiston Respublikasi, Andijon viloyati, Samarqand viloyati, Toshkent viloyatilaridan va viloyatimizning Arnasoy, Sharof Rashidov, Mirzacho’l, Baxmal tumanlaridan hamda Zafarobod tuman BO’SM jamoalaridan 240 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etib g’oliblik uchun kurash olib bordilar. Qizig’in kurashlar va qiziqarli bahslarga boy bo’lgan ushbu musobaqa natijalariga ko’ra umum jamoa hisobida faxrli birinchi o’rinni Zafarobod tuman jamoasi, ikkinchi o’rinni Andijon viloyati jamoasi, uchinchi o’rinni Qoraqolpoqiston Respublikasi jamoalari egallashdi. Musobaqa g’olib va sovrindorlari tuman xokimligi hamda tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limi tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар