Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax shahrida joylashgan mahallalardagi uyushmagan yoshlar va korxona, tashkilotlar xodimlari o'rtasidagi sportning mini futbol turidan "Hokim kubogi" musobaqasi yakuniga yetdi.

Jizzax shahrida joylashgan mahallalardagi uyushmagan yoshlar va korxona, tashkilotlar xodimlari o'rtasidagi sportning mini futbol turidan "Hokim kubogi" musobaqasi yakuniga yetdi.

22 февраль 2021, Понедельник
28
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda fevral oyi Jizzax viloyatida “Mini futbol” oyligi munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 15-20 fevral kunlari Jizzax shahridagi mahallalardagi uyushmagan yoshlar hamda Jizzax shahrida joylashgan tashkilot va korxonalar xodimlari o’rtasida sportning mini futbol turidan “Hokim kubogi” musobaqasi yakunlandi. Musobaqada Jizzax shahridagi mahalla uyushmagan yoshlari, korxona va tashkilotlardan jami 40 ta jamoalaridan 500 nafardan ortiq ishtirokchi ishtirok etib, g’oliblik uchun kurash olib bordilar. Qizg’in kurashlar va qiziqarli bahslarga boy bo’lgan ushbu musobaqa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Musobaqa yakuniy natijalariga ko’ra  jamoa hisobida  faxrli birinchi o’rinni  Agrostandart plyus jamoasi, ikkinchi o’rinni  Uch-ariq mahallasi jamoasi, uchinchi o’rinni Obod mahallasi jamoalari egallashdi. Musobaqaning taqdirlash ma'rosimi ko’taringki ruh va bayramona tarzda Jizzax viloyat sport o’yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabida bo’lib o’tdi.

 

 

 

  Musobaqa g’olib va sovrindorlari Jizzax shahar hokimi K. Xolmurodov hamda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig’i Sh.Kulatov tomonidan diplom, medallar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Musobaqa mutloq g’olibi Agrostandart plyus jamoasiga Jizzax shahar hokimi tomonidan ko’chma “Hokim kubogi” topshirildi.

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар