Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Yangiobod tumani 4-sektor hududida joylashgan mahallalardagi uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning mini futbol turidan "Sektor rahbar kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Yangiobod tumani 4-sektor hududida joylashgan mahallalardagi uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning mini futbol turidan "Sektor rahbar kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi.

22 февраль 2021, Понедельник
20
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda fevral oyi Jizzax viloyatida “Mini futbol” oyligi munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 20 fevral kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Yoshlarni kasb-hunarga o’qitish maktabi sport zalida Yangiobod tuman Davlat soliq inspeksiyasi hamda tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi bilan hamkorlikda tuman 4-sektorida joylashgan mahallalardagi uyushmagan yoshlar o’rtasida sportning mini futbol turidan “Sektor rahbar kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi.  Ushbu musobaqada 1990-1991, 1992-1993, 1994-1995, 1996-1997, 1998-1999, 2000-2001 hamda 2002-2003 yillarda tug’ilgan yoshlardan tashkil topgan 10 ta jamoa ishtirokida 200 nafardan ortiq  uyushmagan yoshlar  ishtirok etdi.

 

 

 

 Musobaqa natijalariga ko’ra faxrli birinchi  1995-yilda tug’ilgan yoshlar jamoasi, ikkinchi o’rinni 2003-yilda tug’ilgan o’smirlar  jamoasi, 3-o’rinni 1990-yilda tug’ilgan yoshlar  jamoasi egalladilar. Musobaqada hakamlik vazifasini Yangibod BO’SM muabbiyi Muqimov Doston bajardi.  Musobaqaning  eng yaxshi o’yinchisi sifatida Muqimov Og’abek taqdirlandi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar  tashkilotchilar tomonidan diplom, estalik sovg‘alari va “4-sektor rahbari kubogi” bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар