Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari o'rtasida sportning mini futbol turidan musobaqa bo'lib o'tdi.

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari o'rtasida sportning mini futbol turidan musobaqa bo'lib o'tdi.

22 февраль 2021, Понедельник
28
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda fevral oyi Jizzax viloyatida “Mini futbol” oyligi munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida Jizzax viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qo’shma chora tadbirlar rejasiga asosan FV boshqarmasi, uning shahar va tumanlardagi bo’limlari xodimlari o’rtasida sportning mini futbol turidan musobaqa o’tkazildi. Musobaqada Jizzax viloyati FVB, shahar va tuman favqulodda vaziyatlar bo’limlari yong’in-qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi faol ishtirok etdi. Dastlab, musobaqa ishtirokchilariga yurtimizda barcha sohalarda bo’lgani kabi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham olib borilayotgan islohotlar va yaratib berilayotgan shart-sharoitlar xususida so’zlab berildi. Bellashuvlarda 18 jamoa g’oliblik uchun kurash olib bordi. Qur’a tashlash yo’li bilan guruhlarga bo’lingan jamoalar ishtirokidagi har bir o’yin murosasiz bahslarga boy bo’ldi. Musobaqada o’zining epchilligi bilan boshqa jamoalardan ustun bo’lgan Yangiobod tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi jamoasi umumjamoa hisobida faxrli birinchi o’rinni egalladi. G’allaorol tumani FVB jamoasi ikkinchi, Jizzax shahar FVB jamoasi faxrli uchinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek, Mirzacho’l tumani FVB 12-son yong’in-qutqaruv qismi xodimi Saidqosimov Abdusamad “Eng yaxshi futzalchi” nominatsiyasi g’olibi, deb topildi. Sovrinli o’rinlarni egallagan jamoalarga boshqarma boshlig’i polkovnik Ravshan Ibragimov pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirdi.

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар