Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Sportning Taekvondo WTF turidan musobaqa bo'lib o'tdi.

Sportning Taekvondo WTF turidan musobaqa bo'lib o'tdi.

01 март 2021, Понедельник
49
0

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PF-6099-Farmoni ijrosini ta’minlash hamda 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan joriy yilning 28 fevral kuni Jizzax viloyati Zomin tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2004-2006, 2007-2009, 2010-2013 yillarda tug’ilgan o’g’il-qizlar  o’rtasida sportning Taekwondo WTF turi bo’yicha Zomin tumani ochiq birinchiligi musobaqasi bo’lib o’tdi. Qiziqarli bahslarga boy bo’lgan ushbu musobada viloyatimizning Arnasoy, Zarbdor va Zomin tumanlaridan 250 dan ortiq sportchilar ishtirok etib, g’oliblik uchun kurash olib bordilar.

 

 

Musobaqa yakuniy natijalariga ko’ra faxrli birinchi o’rinni Zomin tumani, ikkinchi o’rinni Zarbdor tumani,  uchinchi o’rinni Arnasoy tumani oldi. G’olib va sovrindorlar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig’i Sh.Kulatov, Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari B.Umarov hamda Jizzax viloyat Qo’l jangi federatsiyasi rahbari H.Ergashevlar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар