Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » “O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i kubogi” musobaqasining tuman bosqichi nihoyasiga yetdi.

“O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i kubogi” musobaqasining tuman bosqichi nihoyasiga yetdi.

30 май 2021, Воскресенье
216
0

Zarbdor tumanida  sportning “Mini futbol” turidan “O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i kubogi” musobaqasining tuman bosqichi nihoyasiga yetdi.

 

Joriy yilning 18 may kuni start berilgan mazkur musobaqa tumandagi 4 ta sektorda joylashgan mahallalarning uyushmagan yoshlari o’rtasida tashkil etilib, jami 24 ta jamoadan 200  nafardan ortiq ishtirokchilar ishtirok etdi.

2021-yil 28-may kuni 4 ta sektordagi mahallalar (Ravot MFY, Tinchlik MFY, Toshkesgan MFY, Taraqqiyot MFY, Nurobod MFY, Navoiy MFY, Yangiobod MFY va Oybek MFY) o’rtasida birinchi va ikkinchi o’rinlarni egallagan jamoalar chorak, yarim va final bosqichlarida ishtirok etdi.

 

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko’ra:

1-o’rinni Taraqqiyot MFY yoshlari

2-o’rinni Tinchlik MFY yoshlari 

3-o’rinni Nurobod MFY yoshlari

4-o’rinni Yangiobod MFY yoshlari egallashdi.

Bellashuvning taqdirlash marosimida tumandagi sektor rahbarlari hamda Zarbdor tuman hokimi Zafar Ruziyev istirok etib, barcha jamoalarni yutuq bilan qutladilar.

 

 

 

 

 

 

G’olib va sovrindor bo’lgan jamoa ishtirokchilarining har biriga tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi. 1,2,3-o’rinni egallagan jamoalarga Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’ining maxsus “Faxriy yorlig’i” berildi.

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар