Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Sportning voleybol turidan Zarbdor tumani qizlari musobaqalashdilar

Sportning voleybol turidan Zarbdor tumani qizlari musobaqalashdilar

12 июль 2021, Понедельник
130
0

Joriy yilning 12 iyul kuni Zarbdor tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi PF-6099 Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Biz giyoxvandlikka qarshimiz!" shiori ostida sportning voleybol turidan 2007-yil va undan kichik yoshda tug`ilgan qizlar o`rtasida Zarbdor tuman BO`SM birinchiligi musobaqasi o`tkazildi.

 

Musobaqada 6ta jamoadan jami Zarbdor tumani va Zomin tumanining bir qator umumta'lim maktablaridan 60 nafarga yaqin qiz bolalar 6 ta jamoaga bo'lingan holda  g'oliblik uchun bahs olib  ibordilar.

 

 Qiziqarli va murossasiz kechgan bahslar natijalariga ko'ra: Faxrli 1-o'rinni Zarbdor BO'SM jamoasi, 2-o'rin Zomin tumani 4-sonli umumta'lim maktabi jamoasi, 3-o'rin Zarbdor tuman 2-sonli umumta'lim maktabi  jamoalari egalladilar. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar tuman Turizm va sport bo'limi hamda tuman BO'SM tomonidan I-II-III-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар