Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Bugun XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman ochiladi, bayroqdorlarimiz o‘zgardi.

Bugun XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman ochiladi, bayroqdorlarimiz o‘zgardi.

23 июль 2021, Пятница
68
0

Nihoyat, butun dunyo sport jamoatchiligi naqd 5 yil kutgan kunga ham yetib keldik. Yana sanoqli soatlardan so‘ng Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

So‘nggi pallada mamlakatimiz sport delegatsiyasi bayroqdorlari o‘zgardi.Chunki ertaga Bobousmon Baturov ringga chiqishi kerak. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan ochilish marosimida ishtirok etadigan har bir kishi tadbirdan bir necha soat oldin stadionga yetib borishi, tadbir davomida tik oyoqda turishi, tekshiruvlardan o‘tishi lozim. Bu esa sportchilarni urintirib qo‘yishi tabiiy. Shuni inobatga olgan holda mamlakatimiz delegatsiyasi rahbariyati bayroqdorlarni o‘zgartirishga qaror qildi. Bobousmonning o‘rnini o‘zbek boksi faxri Bahodir Jalolov egalladi.

O‘z navbatida 25-iyul kuni bahslarga kirishadigan Oksana Chusovitina ham o‘zining so‘nggi olimpiadasiga jiddiy hozirlik ko‘rish maqsadida o‘z o‘rnini bo‘shatdi va sport gimnastikasi afsonasini Nigora Tursunqulova almashtirdi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab ushbu musobaqa 1 yilga kechiktirilgan edi. Bugun bo‘lib o‘tadigan marosimda ishtirokchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qatnashchilarning soniga ham cheklovlar qo‘yilgan. Jumladan, faxriy mehmonlar va rasmiylarning soni 950 nafardan oshmasligi ko‘zda tutilgan.

Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi. Unda ishtirokchi davlatlarning marshi alohida ahamiyat kasb etadigan jarayondir. Maʼlumki, paradda birinchi bo‘lib zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining asoschisi hisoblanmish Gretsiya davlati vakillari chiqib keladi. Shundan so‘ng mezbon davlat alifbosi bo‘yicha davlatlar ketma-ketligi “Olimpiya stadioni”da ko‘rinish beradi. Eʼtiborlisi, O‘zbekiston nomi yapon alifbosida oldi qatorlardan bo‘lib, tartib raqam bo‘yicha 25-o‘rindan joy olgan.

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар