Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyatida mavjud turizm obyektlari holati o'rganilmoqda

Jizzax viloyatida mavjud turizm obyektlari holati o'rganilmoqda

24 сентябрь 2021, Пятница
28
0

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 6165-sonli Farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax viloyatida mavjud turizm obyektlari (ziyoratgoh, ma'daniy meros, oromgoh, mehmonxona, xostel, oilaviy mehmon uyi, kemping, sanatoriya obyektlari va boshqalar)da xorijiy hamda mahalliy sayohatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

 

  Dastlabki bosqichda tumanlar kesimida Baxmal va G'allaorol tumanlarida joylashgan turizm obyektlari holati, sayohatchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar o'rganildi.

  Jumladan, G'allaorol tumani Qo'ytosh qishlog'i hududini o'rganish jarayonida "QO'YTOSH EKOTUR" OK ga qarashli korxona rahbari Israilov Feruz tomonidan salqin tog' bag'rida yangicha ko'rinishda aylana shaklda sayohatchilar uchun o'tov shaklida  turizm obyekti tashkil etilib, tashqari qismida milliy ko'rinishda tapchanlar mavjud. Sayohatchilar bu yerda haqiqiy milliylik ufurgan manzaraga guvoh bo'lishi mumkin. Ichkari qismida esa zamonaviy bilyard, tennis va basseynlarga guvoh bo'lishi mumkin.

   Baxmal tumanida ham ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash holatini o'rganish bo'yicha ishchi guruh tomonidan o'rganishlar olib borildi. hamda tumanda 2022-yil bahor mavsumiga qo'shimcha 10 ta oilaviy mehmon uylari va 8 ta kempinglar majmuasi ishga tushirilishi rejalashtirilganligiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

    Bundan tashqari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasining hududlardagi bo'limlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishilib, ularga tizimda bo'layotgan yangiliklar hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida qo'shimcha talab-takliflar berildi.

 

Jizzax viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Муҳокама қилиш

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар