Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzaxda "Butunjahon turizm kuni" keng nishonlandi

Jizzaxda "Butunjahon turizm kuni" keng nishonlandi

27 сентябрь 2021, Понедельник
84
0

27-sentabr "Butunjahon turizm kuni" munosabati bilan Jizzax viloyati bo'ylab bayram tadbirlari keng nishonlandi. Dastlab, viloyatimiz markaziy hiyoboni "O'rda ekologik bog'i" da Jizzax viloyat hokimligi, Turizm va sport bosh boshqarmasi jamoasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida chorlov musiqalari jo'rligida velosport, uzoq masofaga yurish kabi tadbirlar orqali bayramga start berildi. Erta tongda boshlangan ushbu tadbirda bir qator yoshlar hamda shahrimiz aholisi faol qatnashib, kunni ko'tarinki kayfiyatda qarshi oldi.


 

  

Shundan so'ng, Jizzax shahri bo'ylab qator turizm maskanlari, hiyobonlarda aholi hamda soha vakillari ishtirokida bayram munosabati bilan tabrik so'zlariga ulangan chellenge va sohaga oid qiziqarli savol-javoblardan iborat viktorinalar tashkil etildi.

 

Kunning ikkinchi yarmida OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan istiqbolli rejalar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etish uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Anjuman davomida OAV vakillari viloyat turizm sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar haqida ma'lumotga ega bo'lishdan tashqari, sohaga doir o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob ham olishdi.

 

Darhaqiqat, ushbu kun doirasida aholining hech bir qatlami e'tibordan chetda qolmadi. Jumladan, boshqarma jamoasi tomonidan yordamga muhtoj oilalar holidan ham xabar olinib, ularga ko'tarinki kayfiyat hamda sovg'alar taqdim etildi.

Kun yakunida esa bayram dasturxoni tashkil etilib, viloyatimiz taniqli san'atkorlari ishtirokida ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbir davomida turizm sohasi rivojlanishida o'z hissasini ayamayotgan hamkor tashkilot vakillari taqdirlandi.

Jizzax viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

 

Муҳокама қилиш

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар