Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax shahrida sportning Erkin kurash turi bo'yicha Viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi

Jizzax shahrida sportning Erkin kurash turi bo'yicha Viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi

14 январь 2021, Четверг
31
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 martdagi o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 12-sonli bayonida belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusining ikkinchisi bo‘lgan yoshlarni jismonan chiniqtirish ularni sport soxasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va 14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan ''SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA'' shiori ostida sportning Erkin kurash turi bo’yicha Jizzax viloyati Jizzax shahri Yakkakurash sport turiga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida viloyat ochiq birinchilik bo‘lib o‘tdi. Musobaqada qizg‘in kurashlarga boy bo‘lib, viloyatimizning turli hududlaridan yig‘ilgan jami 80 nafardan ortiq kurashchilar bellashdilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni Jizzax shahri, ikkinchi o‘rinni Sharof Rashidov tumani va uchinchi o‘rinni Zomin tuman kurashchilari qo‘lga kiritdilar. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari faxriy yorliq, medal hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар