Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyat Futbol assotsiatsiyasining 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo’lib o‘tdi

Jizzax viloyat Futbol assotsiatsiyasining 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo’lib o‘tdi

15 январь 2021, Пятница
41
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O‘zbekiston futbolini rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish" to‘g‘risidagi PF-5887-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Jizzax viloyati hokimi Saliyev Ergash Alibekovich, Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sharof Kulatov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bir guruh mutasaddilari O‘FA birinchi vitse prezident maslahatchisi Zikriyayev Raxmiddin Egamovich, O‘FA bosh kotibi Maqsumov Avaz Parxatovich, O‘FA xududiy futbol assotsiatsiyalar bilan ishlash bo’liimi boshlig’i Shirinov Baxtiyor Madiyevich, O‘FA Bolalar va o’smirlar ommaviy sportni rivojlantirish bo’limi boshlig’i Saidqosimov Ma’mur Maxkamovich, O‘FA terma jamoalar bo’limi boshlig‘i  Haydarov Aziz Saidrahimovich,  O‘FA qoshidagi futbol mutaxassisilari tayyorlash markazi direktor Jeparov Server Reshatovich, O‘FA U 19 terma jamoasi bosh murabbiyi Milliy terma jamoa yordamchi murabbiyi Kopadze Timur Taxirovich, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi Turayev Lutfulla Narzullayevichlar ishtirokida Jizzax viloyat Futbol assotsiatsiyasining 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo’lib o‘tdi. Hisobot yig‘ilishida Jizzax viloyati Futbol assotsiatsiyasining 2020 yilda erishgan natijalari, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Yil sarxisobi bo‘yicha FMMning 2006 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchililari "O‘zbekiston Kubogi" musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritganlari alohida e’tirof etildi. Jizzax viloyati hokimi Saliyev Ergash Alibekovich so‘zga chiqib O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining mutasaddi hodimlariga erishilgan yutuqlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da ham sportga bo‘lgan e’tiborni oshirish, aholi o‘rtasida sportni kengroq tadbiq etish, uyushmagan yoshlar o’rtasida sport tadbirlarini kengroq o‘tkazish yuzasidan taklif va topshiriqlar berdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga va Viloyatimiz futbolchilariga ulkan zafarlar tiladi. Yig‘ilishda 2020 yil davomida bo‘lib o‘tgan tadbirlar va musobaqalardan iborat qisqa video rolik tomosha qilindi. Hisobot yig‘ilishida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining mutasaddi hodimlari so‘zga chiqib o’z fikr mulohazalarini bildirishdi. Tadbirda Viloyat hokimi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig’i hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining mutasaddi hodimlari ishtirokida eng yaxshi trener hamda murabbiylarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Taqdirlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston Milliy terma jamoasi sobiq a’zolariga tadbir qatlashilari o‘rtasida qiziqarli suhbat va savol javoblar bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар