Jizzax shahrida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmon ijrosini ta’minlash, 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda aholi o‘rtasida sportni keng tadbiq etish, aholi salomatligini yaxshilash maqsadida Jizzax shahrining O‘RDA ekologik bog‘ida Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hodimlari, Sog’liqni saqlash boshqarmasi hodimlari, Ichki ishlar boshqarmasi hodimlari, viloyat Milliy gvardiyasi hodimlari, aholi vakillari hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida “Sog‘lik uchun 5000 qadam” yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 16 yanvar kuni Jizzax shahrining O‘RDA ekologik bog‘ida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ostida boshlandi va ommaviy ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. So‘ngra “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoniga START berildi. Marafon juda ko‘taringi ruhda bo‘lib o‘tdi. Marafonda Jizzax viloyati Harbiy garnizoni Harbiy orkestori ijrosidagi kuy qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘taringki kayfiyat ulashdi va marafon so'ngida ommaviy raqsga ulashib ketti. Marafonda tashkilot hodimlari, harbiylar, aholi vakillari va yoshlardan iborat 300 nafardan ortiq ishtirokchi ishtirok etishdi.
Тавсия этамиз:


