Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyatida sportning Badiiy gimnastika turi bo'yicha "Yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati"ga START berildi.

Jizzax viloyatida sportning Badiiy gimnastika turi bo'yicha "Yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati"ga START berildi.

24 февраль 2021, Среда
53
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 24 fevral kuni Jizzax shahar  So’g’diyona sport majmuasida joylashgan Jizzax viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli viloyat Gimnastika bo’yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabida sportning badiiy gimnastika turi bo’yicha “Yoshlar o’rtasida O’zbekiston chempionati” musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

 

 

 

  24-27 fevral kunlari bo’lib o’tadigan ushbu musobaqaga O’zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o’smirlar sport maktabi hamda Respublikamizning Toshkent shahri va  Samarqand, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Andijon, Namangan, Fargona, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan va Qoraqalpog`iston Respublikasidan sportchilar tashrif  buyurishdi. Musobaqada jami 250 nafar sportchilar ishtirok ishtirok etib, g’oliblik uchun bahs olib boradilar. Sportning badiiy gimnastika turi bo’yicha “Yoshlar o’rtasida O’zbekiston chempionati” musobaqasining ochilish marosimida O'zbekistonda Badiiy gimnastika bo’yicha bosh trener Taliya Nikolayevna, Jizzax viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i òrinbosari Usmonov Nozimjon Inomovich hamda Jizzax viloyati Gimnastika Federatsiyasi ijrochi direktori Normurodov Anvar Abdurahmonovichlar so’zga chiqib Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar hamda sportga bo’lgan etibor haqida alohida so’z yuritib sportchilarga omad va zafarlar tiladilar. Shuningdek Jizzax viloyat Gimnastika bo’yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabidan 18 nafar sportchilar Jizzax viloyati  sharafini himoya qilmoqdalar.

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар