Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » G'allaorol tumanida joylashgan mahallalardagi uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning mini futbol turidan tuman birinchiligi musobaqsi bo'lib o'tdi.

G'allaorol tumanida joylashgan mahallalardagi uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning mini futbol turidan tuman birinchiligi musobaqsi bo'lib o'tdi.

24 февраль 2021, Среда
48
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda fevral oyi Jizzax viloyatida “Mini futbol” oyligi munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 23 fevral kuni Jizzax viloyati G’allaorol tumanida Yoshlar ittifoqi tuman kengashi tashabbusi bilan G’allaorol tumanida joylashgan Buloqboshi QFY, Kashshof  QFY, Chuvilloq QFY, Avliyo QFYlar va bir nechta mahalla fuqarolar yig’inlari uyushmagan yoshlar  o’rtasida sportning mini-futbol turidan  tuman birinchiligi musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada mahallalar uyushmagan yoshlaridan 12 ta jamoa ishtirok etib g’oliblik uchun kurash olib bordilar.

 

  Qiziqarli bahslarga boy bo’lgan ushbu musobaqa ishtikochilarda sportga bo’lgan katta qiziqish uyg;otib, ulkan taassurot qoldirdi. Musobaqa yakuniy natijalariga ko’ra faxrli birinchi o’rinni Chuvilloq QFY jamoasi, ikkinchi o’rinni Avliyo QFY jamoasi, uchinchi o’rinni Chuvilloq-2 jamoalari qo’lga kiritdilar. Musobaqa g’olib va sovrindorlari tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limi hamda homiylar tomonidan medal hamda faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар