Fevral oyi Jizzax viloyatida "Mini futbol" oyligi doirasida korxona va tashkilot xodimlari o'rtasida sportning mini futbol turidan "Viloyat hokimi kubogi" uchun bahslar davom etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda fevral oyi Jizzax viloyatida “Mini futbol” oyligi munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda xodimlar o’rtasida sportni keng targ’ib qilish va korxona, tashkilot xodimlari salomatligini mustahkamlash maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning 23 yanvardan 27 fevral kuniga qadar II-tabaqa mehnat jamoalari, futbol klublari, viloyat hududidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari o’rtasida sportning mini futbol (futzal) bo’yicha “Viloyat hokimi kubogi” uchun viloyat chempionati bo’lib o’tmoqda. Ushbu o’yin ishtirokchilari ”A” va “B” guruhlarga bo’lingan holda bahs olib bormoqda.
“A” guruhi bahslari Jizzax politexnika instituti sport zalida, “B” guruhi bahslari Jizzax olimpiya zaxiralari sport kollejida bo’lib o’tmoqda.
Joriy yilning 24 fevral kuni “A” guruhi bo’lib o'tgan bahslar natijalari:
“Mirzacho’l” Mirzacho’l tumani 10 : 6 “Bag’don” Forish tumani
“IBO’SM” Viloyat IBO’SM 3 : 9 “Zarbdor” Zarbdor tumani
“B” guruhida bo’lib o’tgan bahslar natijalari:
“Paxtakor” Paxtakor tumani 5 : 13 “Oyqor” Baxmal tumani
“Enerji” Jizzax akkuml. zavodi 4 : 12 “Agro bank”
Jizzaxdon 6 : 7 “Akademiya “ VBO’FA (FMM )
Тавсия этамиз:


