Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Jizzax viloyati Zarbdor tumanida umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida sportning qol to'pi hamda mini futbol turlaridan musobaqalar bo'lib o'tdi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida sportning qol to'pi hamda mini futbol turlaridan musobaqalar bo'lib o'tdi.

25 февраль 2021, Четверг
73
0

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, 2021 yil  “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda fevral oyi Jizzax viloyatida “Mini futbol” oyligi munosabati bilan ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish,aholi salomatligini yaxshilash, aholining keng qatlamini doimiy sport mashg’ulotlariga jalb qilish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni har xil aqidaparastlik, ichkilikbozlik, psixotrop, narkotik moddalarning zararlarli oqibatlari va jinoyatchilikning har qanday ko'rinishlariga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash, barkamol va yetuk inson sifatida shakllanishlariga zamin yaratish maqsadida  “Sportni sev, sport bilan yasha!!!” shiori ostida joriy yilning joriy yilning 25-fevral kuni Zarbdor tumani Toza urug’ MFYda joylashgan 16-sonli umumta`lim maktabining  7-8-9-10-11 sinf o’quvchi qizlari o`rtasida sportning qo`l to`pi turidan  umumta'lim maktabi birinchiligi musobaqasi hamda Zarbdor tuman Sharq Yulduzi MFYda joylashgan 31-sonli umumta`lim maktabining 9-10-11 sinf o’quvchilari hamda 31-17-13-4-sonli umumta'lim maktablari o’rtasida tuman birinchiligi musobaqasiga ishtirok etish uchun gurux bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jami 150 nafar ishtirokchilar ishtirok etib, shundan qo’l topi musobaqasida 60 nafar o’quvchi qizlar, mini futbol musobaqasida 90 nafar o’smirlar g’oliblik uchun kurash olib bordilar. Sportning qo’l topi turidan bo’lib o’tgan umumta'lim maktabi birinchiligi musobaqasi natijalariga ko’ra birinchi o’rinni 10-sinf,  ikkinchi o`rinni 11-sinf, uchinchi o`rinni 9-sinf o’quvchilaridan tashkil topgan jamoalar qo’lga kiritdilar.

 

  Qizg’in kurashlar va qiziqarli bahslarga boy bo’lgan sportning mini futbol turidan umumta'lim maktablari o’rtasida tuman birinchiligi musobaqasiga ishtirok etish uchun gurux bosqichi musobaqasining umumiy natijalariga ko`ra birinchi o`rinni 31-sonli umumta’lim maktabi, ikkinchi o`rinni 3-sonli umumta’lim maktabi, uchinchi o`rinni 27-sonli umuta’lim maktabi jamolari egalladilar. Musobaqalar yakunida g`olib va sovrindorlar tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limi tomonidan diplom hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар