Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Baxmal tumanida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik festivali bo'lib o'tdi.

Baxmal tumanida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik festivali bo'lib o'tdi.

16 апрель 2021, Пятница
54
0

O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 36-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-aprel kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanida chegara oldi mahallalardagi yoshlar ishtirokida “Sog‘lom kelajak sari” shiori ostida sport festivali bo‘lib o‘tdi.

  Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu festival viloyat hokimi tomonidan 2021-yil 19-fevralda tasdiqlangan “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga asosan uyushmagan yoshlarni Vatanga, chegara sarhadlarining himoyasiga muhabbat, milliy an’ana va qadryatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk jismonan sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Bayramona tarzda tashkil etilgan ushbu festivalda turli sport turlarining ko’rgazmali chiqishlari hamda sahna ko‘rinishlari ishtirokchilar hamda tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

Festivalda ishtiorkchilar sportning arqon tortish, etafeta, darts, tosh ko‘tarish, avtomatdan o‘q otish, street workout, avtomat yig‘ish turlaridan hamda  Buyuk sarkardalarimiz tarixidan savol-javoblari  tarzda bellashdilar. Baxmal tumanining chegaraloldi mahallalaridan Uzunbuloq QFY, Mustaqillik MFY, Nushkent QFY hamda O'rmonchi MFYlaridan ishrirok etgan yoshlar 4ta jamoa bo’lib kuch sinashdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qiziqarli muraosasiz bahslar hamda harbiylar va sportchilarning ajoyib chiqishlari bilan boy bo’lgan ushbu festival yoshlarimiz qalbida vatanga bo’lgan g’ururni, sportga bo’lgan etiborni yanada oshirdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra;

I o'rin - Uzunbuloq QFY jamoasi

II o'rin - O'rmonchi MFY jamoasi

III o'rin - Nushkent QFY jamoalariga nasib etdi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari homiy va tegishli tashkilotlar tomonidan KUBOK, diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari musobaqaga hakamlik qilishda amaliy yordam ko'rsatgan Bolalar-o'smirlar sport maktabi trenerlari ham munosib taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар