Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » O'zbek jang san'ati sport turidan O'zbekiston chempionatiga saralash musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbek jang san'ati sport turidan O'zbekiston chempionatiga saralash musobaqasi bo'lib o'tdi.

19 апрель 2021, Понедельник
30
0

 Joriy yilning 17 aprel kuni Jizzax shahridagi Kurash saroyida sportning O’zbek jang san’ati turi bo’yicha yoshlar, o’smirlar va kattalar o’rtasida “Mergan chavandoz va mergan sportchi” yo’nalishi bo’yicha Jizzax viloyatida o’tkaziladigan O’zbekiston chempionatiga saralash musobaqasi bo’lib o’tdi.

 Musobaqani o’tkazishdan maqsad Jizzax viloyatining barcha tumanlarida O’zbek jang san’ati sport turini yanada targ’ib etish, kuchaytirish va yuqori saviyada rivojlantirish. Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning maxoratini oshirish va yoshlarni ruxan kuchli tarbiyalashda O’zbek jang san’ati mashg’ulotlaridan unumli foydalanish, sport orqali giyohvandlikni oldini olish va Vatanga mexr-oqibat, millatlar va xalqlar orasida mehr-oqibat madaniy va do’stona munosabatlarini mustaxkamlash va kuchaytirishdan iborat.

 

 

 

 

 

 
Musobaqa natijalariga ko’ra:
1-O'rinni Jizzax shаhri.
2-O'rinni Zomin shahri.
3-O'rinni Mirzacho'l tumani sportchilari egalladilar.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар