Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Zarbdor tumani yoshlari sportning Taekwondo-WT turidan musobaqalashdilar.

Zarbdor tumani yoshlari sportning Taekwondo-WT turidan musobaqalashdilar.

18 апрель 2021, Воскресенье
19
0

Joriy yilning 17-18-aprel kuni Zarbdor tumani Bolalar-o’smirlar sport maktabi sport zalida Zarbdor tumanida 2021-yil davomida Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo’yicha сhora-tadbirlar dasturining 54-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi doirasida va “Biz Covid-19 ni Sport bilan yengamiz” shiori ostida sportning Taekwondo-WT turi bo’yicha 2004-2006, 2007-2009 yillar hamda undan kichik yillarda tug’ilgan o’smirlar, bolalar va qizlar o’rtasida Zarbdor tuman ochiq chempionati bo’lib o’tdi.

 

 

 

Musobaqaga yurtimizning Sirdaryo, Samarqand viloyatlari va viloyatimizning  Jizzax shahri, Zomin tumani, G‘allaorol tumani, Forish tumani va  Zarbdor tumanidan jami 280 dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi. Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo’lgan ushbu musobaqa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

Musobaqa yakunida  g’olib va sovrindorlar bosh homiy Zarbdor tumani hokimligi  tomonidan taqdim etilgan  diplom, medal va estalik sovg’alar bilan  Zarbdor tumani jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i Ismatullo Bo‘riyev hamda  Jizzax viloyati Taekwondo WT federatsiyasi bosh treneri Muzaffar Xamroqulov va Taekwondo WT federatsiyasi bosh hakami Qanat Aymbetovlar taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар