Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Sportning Badminton turidan viloyat chempionati bo'lib o'tdi.

Sportning Badminton turidan viloyat chempionati bo'lib o'tdi.

20 апрель 2021, Вторник
24
0

Joriy yilning 20-aprel kuni Jizzax viloyati sport o’yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan Bolalar-o’smirlar sport maktabi sport zalida 2025-yil Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan yoshlar o’rtasida Osiyo o’yinlari dasturiga kiritilgan sportning badminton turi bo’yicha 2008-2009-yillarda tug’ilgan o’g’il-qizlar o’rtasida Viloyat chempionati musobaqasi bo’lib o’tdi.

 

 

 
Ushbu musobaqani o'tkazishdan maqsad Yoshlarni vatanparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, sportning badminton turini Jizzax viloyatida yanada rivojlantirish va maktab o'quvchilari hamda yoshlar o'rtasida targ'ibot ishlarini olib borish hamda badminton bo'yicha Jizzax viloyati terma jamoasiga o’smirlar va qizlarni saralab olishdan iborat.
Musobaqada Sport o'yinlari va yengil atletikaga IBO'SM, viloyatdagi tuman va shahar bolalar o'smirlar sport maktablari terma jamoalari ishtirok etdilar. Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo'lgan ushbu musobaqa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

 
Musobaqa natijalariga ko'ra:
2008-2009 yillarda tug'ilgan O’smirlar o'rtasida yakkalik bahslarida.
1. Malikov Ozodbek Paxtakor tumani,
2. Sarabekov Muhammadqodir Paxtakor tumani,
3. Jo’rayev davron Zarbdor tumani ,
3 O’razboyev Davron Zarbdor tumani
2008-2009 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida yakkalik bahslarida.
1. Rahmonova Odina Zarbdor tumani,
2. Isayeva Rayxona Zarbdor tumani,
3. Sunnatova Ra’no Jizzax shahar,
3 Normuhammadova Gulsevar Paxtakor tumani
2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida juftlik bahslarida.
1. Malikov O. sarabekov M. Paxtakor tumani.
2. O’razboyev D. Jo’rayev D. Zarbdor tumani
3. Salaydinov B. Yusupov S. Jizzax shahar
3 Tursunboyev X. Ergashev X. Sh. Rashidov.
2008-2009 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida juftlik bahslarida.
1. Rahmonova O. Isayeva R. Zarbdor tumani
2. Normuhammadova G. Mansurova N. Paxtakor tumani.
3. Norqo’ziyeva M. Toshtemirova G. G’allaorol tumani.
3 Safarova S. Zulfiqorova G. Sh. Rashidov tumani.
 Aralash juftlik bahslarida:
1. O’razboyev D. Rahmonova O. Zarbdor tumani.
2. Jo’rayev D. Isayeva R. Zarbdor tumani.
3. Mormuhammadova G. To’ychiyev J. Paxtakor tumani
3 Mansurova N. Pirqanov S. Paxtakor tumani sportchilari egalladilar.

Musobaqa g’olib va sovrindorlari Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig’i Sharof Kulatov va Sport o’yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan Bolalar-o’smirlar sport maktabi direktori Sanjar Ergashevlar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirladilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар