Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » 2004-2007, 2008-2009-yillarda tug'ilgan viloyatimiz o'smirlari va qizlarlari sportning yengil atletika turidan musobaqalashdilar.

2004-2007, 2008-2009-yillarda tug'ilgan viloyatimiz o'smirlari va qizlarlari sportning yengil atletika turidan musobaqalashdilar.

04 май 2021, Вторник
50
0

Joriy yilning 1-may kuni Jizzax shahrida joylashgan Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida sportning Yengil atletika turidan 2004-2007 yillarda tug’ilgan o’smirlar va o’smir qizlar hamda  2008-2009 yillarda tug’ilgan bolalar va qizlar o’rtasida Jizzax viloyat chempionati bo’lib o’tdi. Sportning yengil atletika turini viloyatda yanada ommaviylashtirish va rivojlantirish, yoshlarni sportga jalb qilish va shug’ullantirish orqali yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg’ularini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni saralab olib Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida shug’ullanishlarini davom ettirish va viloyat terma jamoasiga saralab olib Respublika bosqichiga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan 400 nafarga yaqin sportchi o'gil va qizlar ishtirok etib, o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazdilar.

 

 Qiziqarli va murosasiz kechgan ushbu musobaqada sportchilar quyidagi shartlar asosida bellashdilar:

2004-2007 yillarda tug’ilgan sportchilar:
O’smirlar: 200 m, 400 m, 1500 m, uzunlikkga sakrash, estafeta 4x200 m.
Qizlar: 200 m, 400 m, 800 m, uzunlikka sakrash, estafeta 4x200 m.

2008-2009 yillarda tug’ilgan bolalar va qizlar:
O’g’il bolalar: 60 m, 300 m, 1000 m, uzunlikka sakrash.
Qizlar: 60 m, 300 m, 1000 m, uzunlikka sakrash.

 

 

 

 



Musobaqa yakunida  g’olib va sovrindorlarni Jizzax viloyat Jismoniy tarbiya sport boshqarmasi boshlig’i Sharof Kulatov va Jizzax Olimpiya kolleji direktori Xurshid Ataqulov diplom va medallar bilan taqdirladilar.

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар