Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » 3-sektor kubogi uchun "Yoshlar daftari"ga kiritilagn viloyat uyushmagan yoshlari musobaqalashdilar.

3-sektor kubogi uchun "Yoshlar daftari"ga kiritilagn viloyat uyushmagan yoshlari musobaqalashdilar.

04 май 2021, Вторник
104
0

Jizzax viloyati 3-sektor hududida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi farmoni hamda 2021-yil “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” davlat dastur ijrosi yuzasidan “3-sektor rahbari kubogi” uchun yoshlar va uyushmagan yoshlar o’rtasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o’g’il bolalar hamda uyushmagan yoshlar o’rtasida sportning futbol turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi.

Aholining keng qatlami o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, futbol sport turini aholi o’rtasida ommalashtirish va uni yanada rivojlantirib, uyushmagan yoshlarni muntazam ravishda sport bilan shug’ullanishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada viloyatimizning barcha tumanlaridan  yoshlar daftariga kiritilgan o’g’il bolalar hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etib, g'oliblik uchun kurash olib bordilar.

 

 

Qiziqarli va murossasiz bahslarga boy bo'lgan ushbu musobaqa ishtirokchilarda sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi. Yakuniy natijalarga ko'ra  faxrli 1-o’rinni Baxmal tumani, 2- o’rinni Jizzax shahar, 3-o’rinni Do’stlik tumani uyushmagan yoshlari egalladilar.

 

 

 

 

 
G'olib va sovrindorlar  Jizzax viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik Olim Abdullayev tomonidan diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар