Телефонлар:
(0872) 226-13-38
(0872) 226-30-86
Жиззах вилоят ЖТС бошқармаси » Янгиликлар » Sportning Karate-do (ITKF) turidan viloyat chempionati bo'lib o'tdi.

Sportning Karate-do (ITKF) turidan viloyat chempionati bo'lib o'tdi.

05 май 2021, Среда
131
0

Jizzax shahrida joylashgan XTBga qarashli  16-umumta'lim maktabida sportning Karate-do (ITKF) bo’yicha O'zbekiston Chempionatiga saralash o’smirlar va kattalar o’rtasida “Viloyat chempionati” o’tkazildi. Ushbu musobaqa Karate-do sportining Kata, Kumite, Jamoa kata, Jamoa kumite turlaridan bo’lib, viloyatimizning Sh.Rashidov, Mirzachul, Do'stlik, Arnasoy, Paxtakor, Yangiobod tumanlari va Jizzax shahridan 100 ga yaqin sportchilar ishtirokchilar etishdi.

 

  Jizzax viloyatining barcha hududlarida Karate-do (ITKF) sport turini yanada targ’ib etishni kuchaytirish va yuqori saviyada rivojlantirish hamda ishtirok etuvchi sportchilarning mahorati va malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Sportchilar turli yo'nalishlar bo'yicha kuch sinashib, o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

 

 

 

Musobaqa yakunida  g’olib va sovrindorla O'zbekiston I.T.K.F Karate-do Federatsiyasi Jizzax viloyat bo'limi raisi Mashrabov M tomonidan diplom, medal va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

G'oliblar Jizzax viloyat terma jamoasi safiga kirishdi hamda 14-17 may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan O'zbekiston chempionatiga yo’llanmani qo'lga kiritishdi.

Муҳокама қилиш
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Цвет горизонтальной линии
Круговая диаграмма


Гистограмма
Ҳамкорлар